Poytaxt hokimligi: “Polkushka” buzilmaydi!

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Toshkent shahrining Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida joylashgan 3 qavatli uyning buzilishi yuzasidan Toshkent shahar hokimligi izoh berdi.

Avvalroq tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, xalq o‘rtasida “Polkushka” nomi bilan mashhur bo‘lgan uyning o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi boshlangani aytilgan edi.

Poytaxt hokimligining aniqlik kiritishicha, “Lolazor” mahallasi hududida joylashgan 3 qavatli turar-joylarni buzish va o‘rniga ko‘p qavatli turar-joylarni qurish uchun Toshkent shahri hamda Mirobod tumani hokimligi tomonidan tadbirkorlarga berish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Hokimligi huzurida o‘tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o‘rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.

“Ko‘p qavatli turar-joylarni buzish bo‘yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi aholining to‘liq roziligi olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarimiz qonuniy huquqlari to‘liq kafolatlanadi” deyiladi hokimlik tarqatgan xabarda.
 


Maqola muallifi

Teglar

hokimlik polkushka

Baholaganlar

63

Reyting

2.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing