Jarima maydonida avtomobilga zarar yetsa, kim javobgar bo‘ladi? IIV vakili izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarish taqiqlandi. 

Ruxsatnomasiz harakatlangan avtomobillar esa jarima maydoniga olina boshladi. Fuqarolar bu borada savollar yuzaga keldi. Masalan, jarima maydonida avtomobilga zarar yetsa, unga kim javobgar bo‘ladi? IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov shu savolga javob berdi.

“Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 233 ta jarima maydoni faoliyat olib bormoqda. Ushbu jarima maydonchalarining barchasi yuridik shaxslarga tegishli bo‘lib, transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatish ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Jarima maydonchasiga transport vositasi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida joylashtiriladi.

Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs, ya’ni jarima maydonchaning egasi javob beradi.

Ya’ni, jarima maydonchasidagi avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zarar xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs (jarima maydoni egasi) tomonidan qoplanadi”, dedi Erali Bozorov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni avtomobillarga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Respublika maxsus komissiyasi ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekiston

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made