Ortiqxo‘jayevning shaxsiy universitetini bitirganlar qayerda ishlashi hozirdan ma’lum

Jamiyat

image

2018 yil so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Toshkent shahar hokimi, O‘zbekistonning eng badavlat kishilaridan biri Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid shirkatlar muassisligida tashkil etilayotgan universitet mamlakatdagi ilk xalqaro OTM sanaladi. 

Bu orada Ortiqxo‘jayev faqatgina texnika va deraza romlar ishlab chiqarish bilan chegaralanib qolmay, xususiy shifoxonasini ishga tushirdi. Xo‘sh, bu yerga nima kerak? Albatta, malakali mutaxassis. Yangi universitet tashkilotchilari vaqtida otni qamchiladilar. O‘zbekistondagi xalqaro darajadagi tibbiyot mutaxassislari yo‘qligi vaji bilan xususiy universitet ochish taklifini bildirdilar. Hozirdan ma’lumki, ertaga Akfani bitirganlarning ko‘p qismi Ortiqxo‘jayevga tegishli qimmatbaho shifoxonadan mustahkam o‘rin topadi. Har holda davlat shifoxonasidan emas. 

Akfa universitetinining rekonstruksiya ishlari va barcha texnik ta’minoti uchun jami 5 million AQSH lollari miqdorida sarmoya kiritilgan. Bu haqda universitet tashkil etilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.  

Universitet tuzilmasi administrativ bino, ma’ruza zallari, amaliyot laboratoriyalari, maxsus o‘quv xonalari, konferensiya zallari hamda multimedia xonalaridan iborat bo‘ladi. Shuningdek, 10 kishiga mo‘ljallangan PBL  (Problem based learning) xonalarida kasalikka oid muammo yoki vazifalar berilib, ularning yechimi bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.  Akfa universitetining Respublikadagi tibbiyot muassalaridan farqli jihati mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi hamda jahon standartlariga mos ravishda o‘qitiladi.

Bu universitetda xorijiy professorlar qatorida belgilangan kategoriyalarga javob bera oladigan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilari ham ishga qabul qilinadi.

Universitet 2019 yilning 1 sentyabridan o‘z faoliyatini boshlaydi.  Akfa universiteti Shayxontohur tuman tibbiyot kolleji binosida tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Akfa universiteti

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing