Farg‘onada kislorod konsentratorini ishlab chiqarish boshlandi

Jamiyat

image

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorini ishlab chiqarishga ixtisoslangan korxona ishga tushdi. Unda yiliga 30 ming dona kislorod konsentratorlarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida kislorod konsentratorlariga bo‘lgan talab ortgan. Mazkur tibbiy jihoz O‘zbekistonda ishlab chiqarilmasligi bois, Prezident Shavkat Mirziyoyev va respublika hukumati topshirig‘iga asosan, uni chet davlatlardan, asosan Xitoydan O‘zbekistonga imkon qadar qisqa muddatda olib kelish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilgan. Shu jumladan, Farg‘ona viloyatiga 500 dona kislorod konsentratori olib kelinib, tibbiyot muassasalariga taqsimlangan.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorini ishlab chiqarish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirishga kirishilgan. Bu mas’uliyatli loyiha ishlari tadbirkor Shavkatjon Hamzayev ta’sischisi bo‘lgan “Greyt Qo‘qon” MCHJ tomonidan olib borilgan. 

Korxonaning umumiy qiymati 300 ming AQSH dollarini tashkil etadi. 

Viloyat hokimining o‘rinbosari M.Abdurahmonov bugungi kunda talabi yuqori bo‘lgan mazkur tibbiy jihozning ishlab chiqarilishi, avvalo, viloyat va respublika tibbiyot muassasalarini kislorod konsentratori bilan to‘liq ta’minlash imkonini berishini, qolaversa viloyat eksport salohiyatini oshirishini aytmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona kislorod kontsentratori

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing