Rasman: Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi to‘xtatildi

Sport

image

Koronavirus epidemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgani sabab UEFA Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi uchrashuvlarni yopiq eshiklar ortida o‘tkazdi. CoVID-19 virusi sabab, UEFA Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarini to‘xtatishga qaror qildi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus epidemiyasi tufayli Italiya, Ispaniya, Fransiya va bir qator mamlakat ichki chempionatlari to‘xtatildi.

So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, 135 836 nafar inson koronavirus yuqtirib olgan. Vafot etganlari esa 4990 nafarga yetdi. 70427 nafar odam ushbu virusdan sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning “Yuventus” klubi Daniyele Ruganni va Paulo Dibala koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol EChL Evropa ligasi UEFA

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing