Abe yaponiyaliklarni hojatxona qog‘ozi sotib olishda xotirjamlikka chaqirdi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe yaponiyaliklarni koronavirus tarqalishi sababli hojatxona qog‘ozini ommaviy sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqida TASS xabar bermoqda. 

“Hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarishning barchasi Yaponiyada joylashgan. Ushbu mahsulotning yetarlicha ta’minoti mavjud. Sizdan xaridlar bo‘yicha ko‘proq xotirjam bo‘lishingizni so‘rayman", degan Bosh vazir.

Avvalroq, Yaponiyada mahalliy aholi ommaviy ravishda hojatxona qog‘ozi, qog‘oz sochiq va salfetkalarni ommaviy ravishda sotib olishni boshlaganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bundan tashqari, mahalliy ommaviy axborot vositalarida tibbiy niqoblar hojatxona qog‘ozi bilan bir xil materialdan tayyorlanishi haqida faktlar paydo bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 29 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 234 nafarga yetdi. 17 bemor kasallik oqibatida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Sindzo Abe

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing