Bayden kutilmaganda Avstraliyaga safarini bekor qildi

Olam

image

Prezident Jo Bayden Vashingtonda davom etayotgan qarzni cheklash bo‘yicha muzokaralar tufayli Papua-Yangi Gvineya va Avstraliyaga bo‘lajak tashriflarini bekor qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Kecha, 16 may kuni Bayden Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bilan telefon orqali muloqot qilib, safarni kechiktirishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Prezident jamoasi Papua-Yangi Gvineya bosh vazirini ham safar qoldirilishidan ogohlantirgan.

Ammo Baydenning Yaponiyaga G7 yetakchilari bilan bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi bekor qilinmaydi.

Ta’kidlanishicha, Prezidentning safarini bekor qilinishining asosiy sababi Kongress rahbarlari Oq uyda Bayden bilan qarz chegarasini muhokama qilish uchun uchrashishga to‘g‘ri kelganidir. G‘aznachilik departamenti hukumat defolti 1 iyun kuniyoq yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongressning vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartni davlat qarzi bo‘yicha defoltning oldini olishga chaqirgandi. U davlat qarzini to‘lamaslik kredit karta va ipoteka stavkalarining haddan tashqari o‘sishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Papua-Yangi Gvineya Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing