Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

Kamoliddin Faxrutdinovich Talipov Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kecha, 15 oktyabr kuni qabul qilindi.

Kamoliddin Talipov bungacha “Silk capital” AJ Kuzatuv kengashining raisi lavozimida ishlagan. Turli yillarda qimmatbaho qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori hamda Markaziy bankning turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi PQ–4412-son qarori bilan tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov agentlik

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made