Yangi ko‘p tarmoqli klinikaga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, shifokorlarning malakasini oshirish, ta’lim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish borasida ko‘plab vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan edi. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot ta’lim klasterini yaratish orqali ushbu oliy ta’lim muassasasining Ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish belgilangandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘p tarmoqli klinika tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Dildora  Rustamova  ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan  ushbu yangi Ko‘p tarmoqli klinika  direktori etib tayinlandi. 

Rustamova 1992 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida va 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Shu vaqtgacha u Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dildora Rustamova

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar