“Barselona” Serjino Destni yana ijaraga berdi

Sport

image

“Barselona” 22 yoshli futbolchisi Serjino Destni Niderlandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berdi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, PSV Niderlandiyaning boshqa bir klubi “Ayaks”ning tarbiyalanuvchisi hisoblangan Serjino Destni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan. Amerikalik himoyachi 2020 yil oktyabr oyida 21 million yevro evaziga “Barselona”ga transfer qilingan edi. 

Ma’lumot uchun, Dest o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumni ham “Milan” safida ijarada o‘tkazdi. U 14 ta o‘yinda maydonga tushib, mavsumni golsiz yakunladi. 

Amerikalikning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali o‘yinchining qiymatini 10 million yevroga baholamoqda. Demak ijara shartnomasi yakunlanida PSV Destni shuncha summaga sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Aytish joiz, “Barselona” Serjino Destning Niderlandiyadagi maoshining yarmini to‘lashda davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSV Serjin'o Dest

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing