“Barbie”ga taqiq qo‘ygan davlatlar soni ortib bormoqda

Madaniyat-san’at

image

Quvayt “jamoat axloqi va ijtimoiy an’analarni” himoya qilish maqsadida “Barbie” filmi taqiqlanganini e’lon qildi. Livanda esa uning namoyishlarini cheklash uchun kurash ketmoqda. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar berdi. 

 “Bu film Quvayt jamiyati va jamoat tartibiga yot bo‘lgan g‘oyalar va e’tiqodlarni targ‘ib qiladi”, dedi Quvayt Axborot vazirligi vakili.

Livanda esa Madaniyat vaziri Muhammad Mortada 9 avgust kuni Livan ichki ishlar vazirligidan mamlakatda “Barbie”ni taqiqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni so‘ragan.

“Film bir xil jins vakillarining turmushini targ‘ib qiladi, otaning vasiyligidan voz kechishni qo‘llab-quvvatlaydi, onaning rolini pasaytiradi va masxara qiladi. Turmush qurish va oilaga ega bo‘lish zaruriyatini shubha ostiga qo‘yadi”, dedi u.

Mortadaning iltimosidan so‘ng, Ichki ishlar vaziri Bassam Mavlaviy mamlakat senzura qo‘mitasidan filmni ko‘rib chiqish va o‘z tavsiyasini berishini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, film bundan avval  Vetnamda xayoliy dunyo xaritasi sahnasida Xitoyning bahsli Janubiy Xitoy dengizidagi da’volarini ko‘rsatgani uchun allaqachon taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

taqiq Quvayt Fil'm Livan Barbie

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made