Soxta hujjat bilan bojxona imtiyoziga ega bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.Ya. qarindoshi N.M. nomiga “Ya.T.” xususiy korxonasini tashkil etib, korxonani norasmiy ravishda boshqarib kelgan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

B.Ya. Xitoy Xalq Respublikasidan 21,6 ming AQSH dollarlik tikuvchilik xom ashyolari va mahsulotlarini import qilib, bojxona organlariga “tikuvchilik sexi” tashkil qilganligi haqida soxta ma’lumotlar taqdim etib, 742,2 mln. so‘m bojxona imtiyozlarini olishga erishib, import qilingan mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga yo‘naltirmasdan, 171,6 mln. so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, B.Ya. amalga oshirilgan tovar aylanmalarini hisobotlardan yashirish va davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida “Ya.T.” xususiy korxonasini o‘zi rahbarlik qiladigan “F” xususiy korxonasiga qo‘shib yuborish (birlashtirish) orqali tugatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.Ya. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

7

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing