IIVda yangi bosh boshqarma tuziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Transport va turizm ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB Toshkent metropolitenida ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi negizida vazirlikning Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Bosh boshqarma) tashkil etilishi belgilandi.

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

metropoliten, temir yo‘l va havo-transport infratuzilmasi ob’ektlarida (keyingi o‘rinlarda – transport ob’ektlari) jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

yo‘lovchilarning harakatlanish xavfsizligini, temir yo‘l va havo transportida tashiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qo‘riqlanishini samarali ta’minlash;

transport ob’ektlarida terroristik tahdidlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioktiv, zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni tashkil qilish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda transport ob’ektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing