Norboyeva Matviyenko bilan uchrashdi

Olam

6V9A9372

Kecha, 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi 50-yalpi majlisi doirasida o‘tkazildi.

Senat Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Valentina Matviyenko O‘zbekiston delegatsiyasini qutlar ekan, joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi unda yorqin taassurot qoldirganini aytib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida respublikada tarixan qisqa vaqtda amalga oshirilgan islohotlarga yuksak baho berildi.

Federatsiya Kengashi raisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Spikerning aytishicha, Rossiya tomoni O‘zbekistonda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va bu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bo‘lajak saylovning borishini kuzatish uchun respublikaga Rossiya Federatsiyasi va MDH PAning nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurishi aytib o‘tildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Valentina Matvienko

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing