Pavel Durov WhatsApp'ning xavfsizlik tizimini tanqid qildi

Olam

image

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov WhatsApp messenjerini tanqid qildi. Durov G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari messenjer foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini olishiga yo‘l qo‘yib berilganini qoraladi. Bu xabar onlayn kundalik yuritish platformasi Telegraph’da e’lon qilindi.

“Har gal WhatsApp o‘z dasturidagi favqulodda kamchilikni bartaraf etishiga to‘g‘ri kelganda, uning o‘rniga boshqa muammo chiqib turadi”, degan Durov.

Uning fikricha, AQSHdan turib xavfsiz aloqa o‘rnatish uchun WhatsApp to‘g‘ri tanlov bo‘lmaydi.

“2016 yilda jamoamiz bilan AQSHga bir haftalik safarimiz davomida Federal tergov byurosi uch marta buzishga uringan. Ularning xavfsizlikdagi muammolari ta’qib uchun yaxshi va “backdoor”lar (yashirin yo‘l) kabi ishlaydi”, deb aniq fikrlarini bildirgan Telegram asoschisi.

Backdoor – blekdorlar dasturchi tomonidan algoritmlarga atayin kiritiladigan kamchilik. Bu ruxsat bo‘lmagan taqdirda ham ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beradi.

“Telegram’farqli ravishda WhatsApp amaldagi kodni e’lon qilmaydi, shu sababdan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar unda blekdor bormi yo‘qmi osonlikcha tekshira olmaydi”, degan Durov.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram WhatsApp

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing