Video: Rohat posti yaqinida 6 mashina to‘qnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul kuni Toshkent shahrida oltita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YTH Rohat posti yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisada Matiz, Lacetti, 2 ta Spark va 2 ta Nexia avtomobillari bir-biri bilan to‘qnashgan. Taxminlarga ko‘ra, haydovchilarga jarohat yetmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi tasvirlardan YTH oraliq masofani saqlamaslik sababli kelib chiqqanini taxmin qilish mumkin.

Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda oraliq masofani saqlagan holda ehtiyot bo‘lib yuring.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rohat posti

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing