Oxirgi 15 yilda pasayish bo‘lgan – Majidov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarni ilm va metodika bilan shug‘ullanishdan manfaatdor bo‘lishi uchun sharoitlarni yaratishga harakat qilinyapti. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov “Yoshlar press-klubi”ning to‘lov-kontrakt va stipendiya masalasida o‘tkazilgan sessiyasida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

Inomjon Majidov oliy ta’limdagi kadrlar masalasiga to‘xtalib, sohada oxirgi 15 yilda pasayish bo‘lganini ta’kidladi.

“O‘qituvchi ilm va metodika bilan shug‘ullansa sifat paydo bo‘ladi. Oliy ta’limdagi o‘qituvchi har yili bir yangilik kiritmasa, o‘z ustida ishlamasa, ilmiy ish olib bormasa, bunday o‘qituvchining oliy ta’limda istiqboli bo‘lmaydi. Oliy ta’limga kelgan har bir yosh ilmiy daraja olishga intilishi kerak. 2016 yilgacha oxirgi 15 yil davomida oliy ta’lim muassasalarida ilmi darajalarning soni faqatgina pasayib kelgandi. O‘tgan yildan 1 foizga o‘sa boshladi. Bu yil 3 foizga o‘sdi. Bu degani yoshlar kela boshladi”, dedi Majidov.

Vazir so‘zida davom etib, sohada ilmiy unvoni bor o‘qituvchilar tarkibi yangilanmay qo‘ygani, natijada orada uzilish bo‘lganini qayd etdi.

“Bugungi kunda ilmiy unvonlilarning o‘rtacha yoshi 50 yoshdan yuqori. Ya’ni, yoshlar kelmay qo‘ygandi, uzilish bo‘lgandi. Sharoit yaratildi ular kelyapti. Hozirda oliy ta’limda ilmiy unvonlilar 34 foizni tashkil qiladi”, 


Maqola muallifi

Teglar

Inomjon Majidov oliy ta'lim

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made