“Quyliq” bozori ro‘parasidagi do‘konlarda yong‘in chiqdi (video)

Jamiyat

Bugun, 3 mart kuni Toshkent shahri, Bektemir tumanida joylashgan do‘konlarda yong‘in kelib chiqdi.

Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shu kuni tonggi soat 06:54 da ro‘y bergan. Mazkur tumanning Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasi “Qo‘yliq” bozori qarshisida joylashgan “Umidjon Yodgora” MCHJga qarashli grill tayyorlash va sotish do‘konining 15 kv.m maydoni, “Parfyumeriya” YATT do‘konining 10 kv.m maydoni hamda “Taom” MCHJ do‘konlarining 15 kv.m maydoni olov ichida qolgan. 

Oqibatda do‘konlarning ichki va tom qismi yongan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 06:59 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 07:19 da bartaraf etilgan. Yong‘inga tutash bir qancha do‘konlar maydoni saqlab qolingan. Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

“Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bektemir Quyliq bozori

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing