Avstraliya va Yangi Zelandiyada plyajlar ochildi

Olam

image
Avstraliyaliklarning dorisi koronavirusga qarshi samaralimi? Otabekov javob berdi north_east

Avstraliyaliklarning dorisi koronavirusga qarshi samaralimi? Otabekov javob berdi

Avstraliya va Yangi Zelandiyada koronavirus tufayli joriy etilgan ba’zi cheklov choralari bekor qilindi. Endi ushbu mamlakatda yashovchilar dam olish sohillariga hech qanday cheklovsiz tashrif buyura oladilar. Bu haqda Avstraliya OAVsi xabar qildi.

“Bir oy oldin karantin cheklovlari sabab yopilgan plyajlar uchun cheklovlar olib tashlandi. Sidneyda bugun, 28 apreldan boshlab mahalliy aholi uchun plyajlar ochildi“, deyiladi xabarda.

Mamlakatning Yangi Janubiy Uels shtatidagi plyajlar 1 may kunidan boshlab kattalar uchun ochiladi. Sohilga faqatgina 2 kishi bo‘lib tashrif buyurish mumkin. Bolalar kirishi esa taqiqlanadi.

Yangi Zelandiyada bugun, 28 apreldan boshlab 26 martda kuchga kirgan o‘zini izolyatsiya qilish rejimining yumshatilishi boshlandi. Endi mamlakat fuqarolari ma’lum ommaviy joylarga tashrif buyurishlari mumkin.

Yangi Zelandiya aholisi, shuningdek, serfingchilari bilan mashhur bo‘lgan Kraystcherch plyajlariga ham tashrif buyurish mumkin bo‘ldi. Ammo mamlakatda barlar, sartaroshxonalar va ko‘plab do‘konlar hali ham yopiq. Bunday choralar kamida yana ikki hafta davomida amal qilishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq 6 725 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 5 602 nafari sog‘aygan, 84 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 039 kishini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Yangi Zelandiyada kasallanganlar 1 472 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 1 214 nafari sog‘aygan, 19 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 239 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Yangi Zelandiya Cheklovlar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made