Atamboyev nimadan bosh tortyapti?

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev o‘tgan yilning avgust oyida Chuy viloyatining Qoy-Tosh qishlog‘ida qo‘lga olingan paytda sodir bo‘lgan tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishni o‘rganishdan bosh tortdi. Bu haqda bugun, 5 fevral kuni TASSga sobiq davlat rahbarining advokati Zamir Jooshev xabar berdi.

"Prezident ushbu jinoiy ish materiallari bilan tanishishdan bosh tortdi", dedi u. Unga ko‘ra, ish hajmi 80 jilddan iborat. O‘tgan yilning kuzida Atamboyev unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish noqonuniy, deb iddao qilgan va shu sababli tergov tadbirlarida qatnashishdan bosh tortgan.

Atamboyevdan tashqari, Qoy-Tosh qishlog‘ida yuz bergan voqealarda 20 ga yaqin odam, shu jumladan milliy parlamentning bir necha deputati va Prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Farid Niyozov ham ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, parlament daxlsizligidan mahrum bo‘lgan Atamboyev 8 avgust kuni Chuy viloyatining Qoy-Tosh qishlog‘ida o‘z qarorgohida 24 soat davom etgan maxsus operatsiya paytida hibsga olingan. Operatsiya paytida maxsus kuchlarning bir xodimi o‘ldirilgan. Qarama-qarshilik paytida 100 dan ortiq odam, shu jumladan politsiya xodimlari jarohatlangan. Sobiq Prezidentni qo‘lga olishgach, Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonasiga olib borishgan. Atamboyev hamon o‘sha yerda saqlanmoqda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made