Astma va allergiyada ro‘za joizmi?

Jamiyat

Mana bir necha kundirki, Musulmon dunyosiga Muborak Ramazon oyi kirib keldi. Ushbu oyda Islom dinining besh farzidan biri bo‘lmish ro‘za amalini butun mo‘min-musilmonlar ado etmoqlikka kirishgan. Ammo, turli xil kasalliklar yoki boshqa sabablar tufayli bu amalni o‘z vaqtida bajara olmayotganlar ham mavjud. 

O‘ta qattiq ochiqqan va chanqagan kishilarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Agar ro‘zador ro‘zasini ochmasa, halok bo‘lishiga yoki aqli ketishiga yoki ba’zi sezgilari ishlamay qolishiga gumoni g‘olib bo‘lsa, ro‘zasini ochishi mumkin. So‘ng ana shu tutmagan kunlari ro‘zasini qazosini o‘tashi lozim. 

Keksayib quvvatdan qolgan kishilar, tuzalishiga umid qolmagan bemorlar, keksa kampirlar keyinchalik ham ro‘za tuta olmaganlari sababli qazo qilmaydilar, balki tutmagan har kunlari uchun fidya beradilar. Alloh taolo aytadi: “Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir” (Baqara, 184). Fidya miqdori fitr sadaqasi miqdori bilan barobardir.

Bugun biz mazkur holatda qanday yo‘l tutish, ro‘za oyida tavsiya etilmaydigan amallar va ro‘za tutishi uzrli bo‘lgan insonlar uchun dinimizda yaratilgan imtiyozlar va yengilliklar haqida O‘zA nashri O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat mudiri Muhammad Ayub Homidov bilan suhbatlashdi.

“Musofirning ro‘zasi haqida aytsak, ularning safarda ro‘za tutmasligiga ijozat berilgan. Bunda unga gunoh yo‘q. Ammo ro‘za tutsa, foydasi bor. Savobi bor. Zimmasidagi farz ro‘zasi soqit bo‘ladi. Shuningdek, ramazon oyida kasallikning holati va darajasiga ko‘ra, tutish yoki tutmaslik borasida fikr aytiladi. Agarda qaysi bir kasalik ro‘za tutgan odamning badaniga, jismiga yoki kasal bo‘lgan a’zosiga ta’sir qiladigan darajada ziyon keltirish ehtimoli bo‘lsa, o‘sha kasallik ro‘za tutishni u insonning zimmasidan soqit qilib beradi.

Zamonaviy holatda ba’zi bir bemorlarning ko‘ziga dori tomizish kerak bo‘ladi. Bu bilan ro‘zadorni ro‘zasi ochilmaydi. Faqat, u tomog‘igacha yetib bormasligi kerak. Hozirda allergiya tufayli odamlar burniga sepadigan, tomizadigan turli ko‘rinishdagi dorilardan foydalanadi.

Burhoniddin Marg‘iloniyning asaridagi matnga ko‘ra burunga tomizilgan tomizg‘ich ro‘zani ochadi. Shuning uchun burunga dori tomizish zarur bo‘lsa, boshqa iloji bo‘lmasa, ro‘zasi kunini qishning qisqa kunlarida tutib beradi. Hozirda tomizg‘ich va sepadigan dorilar o‘rniga kremga o‘xshagan surtadigan narsalar borligini shifokorlar tavsiya etmoqda. Bunday dorilarni bushlig‘inga surish bilan ro‘za buzilmaydi.

Astma kasallarining og‘izga sepadigan maxsus dori vositasi bor. Demak, ana shu sepgichdan bemor foydalansa va suyuqlik tomoqqa kelsa, ro‘za buziladi. Agarda, faqat og‘iz bo‘shlig‘iga sepilsa, ro‘za ochilmaydi”, deydi islomshunos olim.

Siz quyidagi videoda mazkur javoblar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made