Xorazmda 7 yoshli qiz yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i Zomin ko‘chasidagi 48-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda yong‘in-qutqaruv xizmatiga soat 15:49 da xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 15:54 da yetib borib, soat 15:57 da yong‘in qurshab olingan va soat 16:10 da to‘liq bartaraf etilgan hamda yong‘in qo‘shni uylarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida uyning 25 kv metr maydonda xojatxona va molxona tom bostirmasi hamda xashaklari yongan. Yong‘inning boshlang‘ich davrida uy egasining 2012 yil tug‘ilgan nabirasi (qiz bola) kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xorazm

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing