AQSHda koronavirusdan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilandi

Olam

image

AQSHda o‘tgan bir sutkada 52 ming odamda koronavirus aniqlanib, kunlik o‘sish bo‘yicha rekord yangilandi. 

Mamlakatning Texas, Florida va Kaliforniya kabi shtatlarida ahvol og‘irlashgan. Ba’zi shtatlar karantin rejimini qayta tiklagan.

Hozirda AQSHda epidemiya boshlanganidan beri jami 2 837 189 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 131 485 nafari vafot etgan va 1 191 091 nafari sog‘aygan.

Bugungi kunda dunyoda 10 842 615 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 520 785 nafari vafot etgan va 5 724 851 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing