O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 42 236 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekistonda 343 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida jami 389 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 236 nafar bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing