Eden Azar “Chelsi”ning eng yaxshi yil futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar “Chelsi”ning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi degan nomga sazovor bo‘ldi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berilgan. Eng yaxshi yosh futbolchi esa yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar klub tarkibida chempionat doirasida bugunga qadar 36 bor maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 16 marotaba to‘p kiritgan. Aynan uning sermahsulligi sabab klub Angliya chempionatining so‘nggi turlarida muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kiritib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Eden Azar UEFA Yevropa ligasi doirasida o‘tgan barcha o‘yinlarida “Chelsi”ning g‘alabasiga muhim hissa qo‘shgan. Yana bir yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoi yosh bo‘lishiga qaramay, raqiblari darvozasiga to‘rtta to‘pni joylab qo‘ygan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

3

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made