Yashil, sariq, qizil... Karantin majmuasida saqlash bo‘yicha yangi nizom qabul qilindi

Jamiyat

image
Koronavirusga chalinganlar faqat karantin zonasida aniqlanmoqdami?  north_east

Koronavirusga chalinganlar faqat karantin zonasida aniqlanmoqdami? 

Tojikistonda koronavirus aniqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi north_east

Tojikistonda koronavirus aniqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Dubayda koronavirusga qarshi kurash yakunlanishi otlar paradi bilan nishonlandi north_east

Dubayda koronavirusga qarshi kurash yakunlanishi otlar paradi bilan nishonlandi

Joriy yilning 25 aprel kuni Vazirlar mahkamasining koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi qabul qilindi.

Ushbu nizomda ko‘ra, chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazildi. Shundan so‘ng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan o‘tkaziladi. So‘ngra ularning ro‘yxati shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.

Markaz chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.

Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasiga borishdan bo‘yin tovlasa epidemiyaga qarshi kurash qoidasini buzgan hisoblanadi va markazlarga majburiy tarzda olib boriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda ichki ishlar organlari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.

Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi shu vaqtning o‘zida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi, sog‘liqni saqlash organiga hamda markazga yuboradi.

Ichki ishlar organi tomonidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (IIOFMB bo‘limlari)ga yuboriladi. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) darhol o‘zlariga tegishli hududda yashaydigan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida “o‘zini-o‘zi yakkalash”ini ta’minlaydi.

Markaz koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, nizomda ta’kidlanishicha karantin majmuasi hududi yashil, sariq va qizil zonalarga ajratiladi.

Bunda, yashil zonaga tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, nazorat organlarining xodimlari, shuningdek karantin majmuasining yordamchi bo‘limlari xodimlari va karantin majmuasi ma’muriyatining ruxsati bo‘lgan boshqa shaxslar joylashtiriladi. Qizil zonaga esa karantinga olingan shaxslar joylashtiriladi. Sariq zona qizil zonadan yashil zonaga yoki yashil zonadan qizil zonaga o‘tish uchun ularning oralig‘ida joylashtiriladigan hamda u yerda bo‘lgan shaxslarning kiyinishi, yuvinishi va kiyimlarini zararsizlantirishga mo‘ljallangan xonalar hisoblanadi.

Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasida saqlanish muddati 14 kun hisoblanadi. Ushbu muddat davomida yoki karantinga olingan shaxsning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.

Karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalar hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi. Ushbu buyumlar ro‘yxati ikki nusxada tayyorlanadi. Karantin majmuasida tovar-moddiy zahiralarini qabul qilish, saqlash va topshirish uchun javobgarlik markaz direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi.

Karantinga olingan shaxslar tashqaridan har qanday ko‘rinishdagi pochta jo‘natmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi jo‘natmalar mustasno:

- surunkali kasallikka chalingan karantinga olingan shaxslar uchun dori-darmon vositlari;

- davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra maxsus parhez mahsulotlari;

- bolalarga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyena mahsulotlari;

- qo‘shimcha gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va adabiyotlar.

Karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilgan shaxs aniqlanganda, u darhol karantin majmuasining alohida xonasiga (izolyatorga) ko‘chiriladi va uni 6 soat ichida tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) yuborish choralari ko‘riladi. Bu shaxslar bilan muloqotda bo‘lganlar esa laboratoriya tahlili natijalari olingunga qadar, o‘z xonalarida izolyatsiya qilinadi.

Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni karantin majmuasidan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:

- tana harorati karantin muddatining oxirgi 3 kuni davomida me’yordaligi;

- nafas olish belgilarining yaxshiligi;

- kasallikning boshqa belgilari mavjud emasligi;

- karantin muddatida jami uch marotaba polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili o‘rganishda manfiy natija chiqqanligi.

Karantin majmuasidan chiqarilayotgan shaxslarning vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning o‘zlariga yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga karantin muddati tugaganidan keyin qaytarib beriladi.

Karantin majmuasi tomonidan karantindan chiqqan shaxslar haqida ularning yashash joylaridagi poliklinikalarga axborot beriladi. Karantinga olingan shaxslar ustidan keyingi 10 kun davomida yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made