“Arsenal” yetakchisi Yevropa ligasi finalini o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Joriy yilning 29 may kuni Baku shahrida Yevrop ligasi finali bahsi o‘tkaziladi. Finalda Angliyaning ikki yetakchi klubi “Arsenal” va “Chelsi” o‘zaro bahs olib boradi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Bokuda o‘tadigan Yevropa Ligasi finalini o‘tkazib yuboradi.

“Biz Genrixning Bokuda o‘ynashi uchun hamma variantlarni ko‘rib chiqdik, ammo bu masala oilasi bilan muhokama qilinganidan so‘ng uning Bokuga bormasligi oydinlashdi.

Miki bizning eng ahamiyatli o‘yinchilarimizdan biri, shunday futbolchi o‘ynamasligi biz uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.

Shu kabi holatlar tufayli futbolchi Yevropa Ligasi finalini o‘tkazib yuborishi juda ham alamli. Futbolchilarning karerasida bunaqasi kamdan-kam sodir bo‘ladi. Miki Bokuga ketgunimizga qadar biz bilan shug‘ullanib turadi”, deyiladi “kanonirlar” xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal EL

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing