“Arsenal” futbolchisi yozda jamoani tark etadi

Sport

image

Yarim himoyachi Genrix Mixitaryan yozda Londonning “Arsenal” klubini tark etishi mumki. Bu haqda Transfer Market Web xabar qilmoqda. 

Angliya klubi ushbu yozda 30 yoshli arman futbolchisini transferga qo‘yish variantini ko‘rib chiqayapti. Mixitaryanning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun yarim himoyachi 2018 yilning yanvar oyida “Manchester Yunayted”dan “Arsenal” safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda u Londondan Manchesterga ko‘chib o‘tgan Aleksis Sanches o‘rniga berib yuborilgan edi. Uning transfer narxi 34 million yevroni tashkil etgan.

Hozirgacha arman futbolchisi “kononirlar” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritgan va sheriklariga 12ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Genrix Mixitaryan

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing