Armaniston Bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi

Olam

image
Armanistonda bolalarning koronavirusga chalinishi oshayotgani aytildi north_east

Armanistonda bolalarning koronavirusga chalinishi oshayotgani aytildi

Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga keldi. Mamlakatda epidemiyaning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

“Aslida biz koronavirusning ikkinchi to‘lqini bilan shug‘ullanmoqdamiz“, deydi Pashinyan kecha, 26 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan belgilanadigan choralar hozirgi vaziyatga mutanosibdir. Ammo, ushbu qoidalarga har doim ham amal qilinmayapti.

“Qo‘llarni tez-tez yuvish va dezinfeksiya qilish, niqob kiyish va ijtimoiy masofani saqlash kerak. Ishonchimiz komilki, bu choralar vaziyatni yaxshilaydi va kasallanganlar soni nolga kamayadi. Biz ushbu choralarga rioya qilinishini qat’iy nazorat qilamiz“, deydi Pashinyan.

Aprel oyining boshida Armaniston bosh vaziri o‘z mamlakati koronavirus tarqalishining eng yuqori darajasidan o‘tganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, 13 iyunga qadar Armanistonda koronavirus bo‘yicha favqulodda holat joriy etilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan barcha taqiqlar olib tashlandi, cheklovlar faqat mamlakatdagi barcha korxona, jamoat transporti va o‘quv muassasalariga qo‘llaniladi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab harakatlanish taqiqlari bekor qilindi.

22 maydan boshlab asemptomatik tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlar izolyatsiya joylaridan ozod qilinadi. Shu bilan birga, Armaniston parlamenti ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritdi, unga ko‘ra pandemiyada niqob rejimiga rioya qilmagan fuqarolar 10 ming dram (20 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq 7 402 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 220 nafari sog‘aygan, 91 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar 4 091 nafarni tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Armanistonda Nikol Pashinyan

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made