“Burger King” omboridan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Jamiyat

image

Rossiya shimoliy poytaxtidagi "Burger King" kafesida o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Ushbu voqea joriy yilning 14 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarni tasdiqladi. 

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi joriy yilning 14 sentyabr kuni shahardagi "Burger King" kafesi omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamoqda. 

Politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.   Ayni paytda tegrovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda. 

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatdi hamda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda, deyiladi TIV axborotida. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg TIV O'zbekistonlik

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing