Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning yanvar oyida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.  Bu haqda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali ochilishi marosimida ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda “Sputnik”. 

“Haqiqatan ham, kun tartibimizdan ushbu tashrif o‘rin olgan. Bu kelasi yil yanvar oyining o‘rtasida bo‘ladi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

MDHda yirik siyosatchilardan biri bo‘lgan Lavrov rasmiy tashrifi davomida MGIMO filiali va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyuradi va qisqa ma’ruza o‘qiydi.

Ma’lumot o‘rnida, 69 yashar siyosatdon 15 yildirki Rossiya Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Lavrov so‘nggi bor O‘zbekistonga joriy yilning may oyida tashrif buyurgan edi. O‘shanda u Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing