Bugun YeCHLda ikkita yarim finalchi aniqlanadi

Sport

image

Bugun, 16 aprel Yevropa chempionlar ligasining chorak final javob bahslari o‘tkaziladi.

Ushbu kunga belgilangan o‘yinlarda Italiyaning “Yuventus” klubi Turin shahrida Gollandiyaning “Ayaks” jamoasini qabul qiladi. Jamoalarning Amesterdamda o‘tkazgan dastlabki bahsida durrang natija qayd etilgan edi. O‘yinda Ronaldu va Neres o‘z jamoalari uchun bittadan gol kiritishgan.

Bu bosqichning markaziy bahsiga Kataloniya mezbonlik qiladi. Unda mahalliy “Barselona” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni sinovga chorlaydi. Tomonlarning o‘tgan haftada Manchesterda o‘tkazgan bahsida “ko‘k-anorranlilar” 0:1 hisobida ustun kelgan edi. Yagona gol Lyuk Shou hisobiga yozilgan.

Ma’lumot uchun, har ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan bugun soat 00:00da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing