Patent to‘lovi mash-mashasi. O‘zbekiston Rossiyaga rasmiy nota yubordi

Jamiyat

image

Koronavirus xavfi tufayli butun dunyodagi kabi Rossiyada ham karantin joriy qilindi. Tabiiyki, buning oqibatida u yerdagi aksari ishlar to‘xtadi. Mehnat muhojirlarida ham muammo yuzaga keldi, ya’ni patent masalasida. Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari patent to‘lovi bo‘yicha biror yengillik qilishning iloji bor yoki yo‘qligi masalasi bilan chiqishdi.

Bugun, 7 aprel kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xojimetov ishtirok etdi va mazkur savolga to‘xtalib o‘tdi.

“Rossiya hududida vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirildi, yangi patent rasmiylashtirish tartibi yengillashtirildi.

Rossiyada koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olish maqsadida 30 aprelgacha barcha tashkilotlarning faoliyati to‘xtatildi. Natijada, Rossiyadagi hamyurtlarimiz vaqtincha ishsiz qolmoqda va bu holat ularning daromadlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda”, dedi rasmiy vakil.

Ta’kidlanishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga mehnat patenti bo‘yicha to‘lovlar muhlatini ishlanmaydigan davr tugab, mehnat bozori tiklangunicha kechiktirish, shu vaqt mobaynida mehnat muhojirlarini ma’muriy javobgarlikka tortmaslikni so‘rab rasmiy nota yuborgan.

“Hozirgi paytda mazkur masala Rossiya Federatsiyasining vakolatli organdlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, dedi Avazbek Xojimetov.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya patent

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing