AQSH vitse-admirali tibbiy niqoblardan foyda yo‘qligini aytdi

Olam

image

AQSH sog‘liqni saqlash ofitserlar korpusi bosh jarrohi vazifasida faoliyat yurituvchi vitse-admiral Jerom Adams Amerika aholisini tibbiy niqoblar sotib olishni bas qilishga chaqirdi. Harbiy shifokorning ta’kidlashicha, tibbiy niqoblar koronavirusga qarshi mutlaqo samarasizdir.

"Ular koronavirus infeksiyasining oldini olishda samarasiz. Agar tibbiy xizmatlar bemorlarga yordam bera olmasa, bu jamiyatimizga katta xavf tug‘diradi!", deb yozgan Jerom Adams Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Adams, shuningdek, virus tarqalishini minimallashtirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini bergan. "O‘zingizni va atrof-muhitni himoya qilishning eng yaxshi usuli bu - har kuni profilaktika choralariga rioya qilishdir. Masalan, kasal bo‘lsangiz, uyda qoling va qo‘lingizni sovun va suv bilan yuving", deb yozadi u.

Bundan tashqari, u fuqarolarni grippdan tezroq emlanishga chaqirdi. "Grippga chalinganlar soni kam bo‘lsa, COVID-19’ga qarshi kurashishda shuncha ko‘p resurs bo‘ladi", deydi Adams.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 86 986 nafarga yetdi. 2 979 kishi kasalliq oqibatida vafot etdi, 42 657 kishi shifo topdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida COVID-19’ga chalingan soni 69 nafarga yetdi, 1 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

167

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing