O‘zbekistonda Facebook va Instagram ishlamay qoldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar Instagram va Facebook’da nosozliklar kuzatilmoqda. Bugun, 3 iyul kuni tushdan keyin qayd etilgan holat hozirga qadar davom etmoqda. 

Ikki ijtimoiy tarmoqda yuzaga kelayotgan asosiy muammo unga joylashtirilayotgan suratlarning ochilmasligi, nafaqat foydalanuvchining shaxsiy sahifasida, balki unga a’zo boshqa sahifalar orqali ham ko‘rib bo‘lmayotgani bilan bog‘liq. Bu holat faqatgina yangi suratlar bilan emas, balki tarmoqqa bir necha oy va hatto bir necha yil avval joylashtirilgan suratlar bilan ham uchramoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Instagram ilovasi 2010 yilning 6 oktyabr kuni ishga tushirilgan. Unga a’zolar soni 1,5 milliardga yaqinlashgan.

Facebook esa 2004 yil 4 fevraldan buyon amalda. U O‘zbekistonda ijtimoiy hayotni o‘zida aks ettiruvchi, odamlarning muammolari va yashash sharoitlarini o‘rganish mumkin bo‘lgan platformaga aylanib qolgan. Foydalanuvchilar soni esa allaqachon 2 milliarddan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirlarida O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i norasmiy ravishda cheklab qo‘yilgan edi. Tarmoqqa kirish imkoni yo‘qolgach, foydalanuvchilar VPN orqali unga ulanish yo‘lini tanlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing