Toshkentda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 06:33 da Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yerto‘lasida yuz bergan. Yerto‘lada 40 kv.m maydonda penoplast bo‘laklari yongan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 06:44 da bartaraf etilgan.

Yong‘in sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yakkasaroy tumani

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing