Afsonaviy Tu-134 yo‘lovchi samolyoti so‘nggi parvozini amalga oshirdi
Texnologiya
−
21 may 2019
4766Ushbu samolyot parvozni yakunlagach Novosibirskdagi Aviatsiya va kosmanavtika muzeyiga jo‘natilgan.
“Irkutsk” xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Tu-134 samolyoti so‘nggi parvozini amalga oshirgan. Ushbu samolyot 1980 yilda ishlab chiqarilgan va 40 yil davomida parvoz qilgan.
Tu-134 samolyotini 1966 yildan seriyali ishlab chiqarish boshlangan.
Aviation Safety Network ma’lumotiga ko‘ra, Tu-134 samolyotlarining 78 tasi turli sabablarga ko‘ra halokatga uchragan. Ulardan 10 tasi harbiy harakatlarda, 2 tasi esa terakt oqibatida yo‘q qilingan. Ushbu halokatlarda 1494 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
LiveBarchasi