Samarqandliklarni qo‘rqitgan “Chupakabra” yo‘q qilindi

Jamiyat

image

2020 yilning mart oyi boshlarining tungi vaqtlarida Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, “Yangihayot” MFYga qarashli Yangihayot, Yangiqo‘rg‘on hamda Galaravot qishloqlaridagi xonadonlarda ochiq va qarovsiz qolgan qo‘y va tovuqlarga “yovvoyi hayvon” hamla qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ushbu holatni o‘rganish maqsadida zudlik bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi, tuman DSENM, tuman Veterinariya va ko‘ngilli fuqarolardan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 4 mart kuni “Yangihayot” mahallasida fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olingan.

Ta’kidlanishicha, tuman hududidagi ovchilik jamiyatiga a’zo bo‘lgan ovchilar ko‘ngilli tadbirga jalb etilgan va “Yangihayot” mahallasi qishloqlaridagi xonadonlarda tekshirish ishlar tashkillashtirilgan.

“4 mart kuni, soat taxminan 16:00 larda Yangihayot qishlog‘idan o‘tib ketayotgan “yovvoyi hayvon”, ya’ni shoqol izg‘ib yurgani aniqlandi va ovchilar tomonidan otib yo‘q qilindi”, deyiladi xabarda.

Mahalliy aholi uni “Chupakabra” deb nomlagan. Ma’lumot o‘rnida, “Chupakabra” atamasi fanda noma’lum bo‘lgan, sut emizuvchi jonivorlar bilan oziqlanadigan jonzotlarga nisbatan qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangihayot Chupakabra

Baholaganlar

1136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing