Sardor Mirzayev Tailand klubida faoliyatini davom ettiradi

Sport

image

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Sardor Mirzayev endilikda Tailand chempionatida to‘p suradi. Bu haqda “Temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilishicha, Mirzayev “Muangton Yunayted” bilan shartnoma imzolagan.

Bungacha tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning “Shenyang Urban“ jamoasi safiga ko‘chib o‘tgandi. Oradan ko‘p o‘tmay mohir yarim himoyachi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaning “Seongnam“ klubi bilan shartnoma tuzgandi.

Yaqinda esa yosh iqtidorli futbolchi Oston O‘runov “Lokomotiv“dagi faoliyatidan keyin Rossiyaning “Ufa“ klubi bilan kelishuvga erishdi.

Endi esa yana bir hujumkor yarim himoyachimiz Sardor Mirzayev ham legionerga aylandi va faoliyatini Tailand chempionatida davom ettiradi.

Bundan tashqari, o‘tgan mavsum ma’lum muddat jamoaga ustozlik qilgan Samvel Babayan Xitoyning “Chanchun Yatay“ klubiga bosh murabbiy bo‘lgan.

Undan tashqari Tyemurxo‘ja Abduxoliqov bilan Sanjar Shoahmedov Qatarning “Al Sayliya“, Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning “Seul FK“, Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistonining “Ohod“ hamda Sardor Rashidov Portugaliyaning “Nasyonal“ klubi a’zosiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Mirzaev Muangton Yunayted

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar