Trollar fabrikasi faoliyatiga qonuniy tus beriladimi?

Jamiyat

image
Allamjonov matbuotga bosim, tahdid va adolatsizlik hamon borligini aytdi north_east

Allamjonov matbuotga bosim, tahdid va adolatsizlik hamon borligini aytdi

Joriy yilning 10 aprel kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Ichki ishlar vazirligi tomonidan "Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi joylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qaror loyihasining bir bandi qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Loyihaning "Yo‘l xaritasi"dagi 9-bandida vatanparvar bloggerlar virtual guruhini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Virtual guruhning vazifasi etib tarmoqdagi salbiy fikrlarni aniqlash va yoshlarni ushbu fikrlar ta’siriga tushib qolishdan himoya qilish belgilangan.

"O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a’zolari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etish, ular yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlash hamda tarmoq foydalanuvchilarini ularning ta’sir doirasiga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida bildirilayotgan salbiy fikrlarga murosasizlik muhitini yaratish", deyiladi qaror yo‘l xaritasining 9-bandida.

Yuqoridagi banddagi tadbir 2020 yilning 1 maydan boshlab amalga oshirilishi ta’kidlangan. Ushbu bandda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mas’ul ijrochilar sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu vaziyat, beixtiyor bizga Jorj Ourellning "1984" kitobidagi  bir syujetni esga soladi. Kitobda yozilishicha, har bir fuqaroning harakati va so‘zlari Fikr politsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Salbiy fikr yuritgan mamlakat fuqarosi esa jinoiy javobgarlikka tortiladi. 

To‘g‘ri, yuqoridagi bandda javobgarlik haqida hech qanday so‘z bormagan. Lekin ushbu qaror bilan fikr erkinligi xuddi kitobdagidek cheklanmayaptimi? Kelajakda salbiy fikr yuritgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga bosim bo‘lmasligiga kim kafolat beradi? Umuman olganda qanday fikrlar salbiy fikr deb hisoblanadi? Va nima uchun ushbu guruhni tuzishda vatanparvarlikka alohida urg‘u berilgan? Uslida vatanparvarlikni o‘lchash mumkin bo‘lgan tarozi bormi? Biror o‘zgarish yoki yangilikka nisbatan o‘z erkin fikrini bildirgan fuqaro vatanparvar bo‘lmaydimi? 

Mazkur qaror loyihasiga nisbatan bloger va huquqshunos Xushnubdek Xudoyberdiyev ham munosabat bildirdi: 

“Ajoyib, shunday emasmi? Trollar fabrikasiga shon-sharaflar bo‘lsin!!!

Izoh: mazkur hujjat loyihasi bo‘yicha Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev bilan bog‘landim, uning aytishicha Ittifoqning ushbu loyihani ishlab chiqishga mutlaqo aloqasi yo‘q, ular kecha bu bandni rasman rad etgan hamda loyihadan chiqarib tashlashni so‘rashgan”, deb yozadi bloger.


Maqola muallifi

Teglar

So'z erkinligi Trollar fabrikasi

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made