Janubiy Koreyadagi qamoqxonadan 250 dan ziyod inson qoldiqlari chiqdi

Olam

image

Janubiy Koreyaning janubi-g‘arbida joylashgan Kvanju shahridagi eski qamoqxona hududida olib borilayotgan qurilish ishlari paytida, u yerdan 250 dan ziyod inson qoldiqlari chiqdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qoldiqlar 1980 yil hukumatga qarshi namoyish vaqtida izsiz yo‘qolgan odamlarniki bo‘lishi mumkin. O‘shanda ushbu qamoqxonada juda ko‘p odam bo‘lgan. Yana bir taxminga ko‘ra, qamoqxonada bo‘lgan namoyish vaqtida mahkumlardan ma’lum bir qismi yashirin qatl etilib, shu yerning o‘zida ko‘mib yuborilgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. 

Boshqa bir taxminga ko‘rsa esa, qoldiqlar qamoqxonada vafot etgan va yaqinlari olib ketmagan mahkumlarga tegishli bo‘lishi ham mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 1980 yilning may oyida Janubiy Koreyada demokratik islohotlarga qarshi ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi. Mamlakat prezidenti Chon Du Xvanning topshirig‘iga ko‘ra, armiya ushbu namoyishlarni juda qattiqqo‘llik bilan bostirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar vaqtida yuzlab odamlar halok bo‘ldi, mingdan ziyod kishi jarohatlandi, 76 kishi izsiz g‘oyib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya 250 dan ziyod inson qoldiqlari eski qamoqxona

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing