Qozog‘istonda COVID-19 bemorlari soni oshdi va 3200 kishiga yetdi
Olam
−
30 aprel 2020
38282020 yil 30 aprel soat 09:40 holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning yana 67 nafar fuqarosida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning aksariyati Aqto‘be viloyatida aniqlandi - 17 kishi. Bu haqda NUR.KZ xabar bermoqda.
Keyingi o‘rinlarni Qizilo‘rda viloyati egallagan – 11 nafar bemor. Uchinchi o‘rinda 8 nafar yangi holat bilan G‘arbiy Qozog‘iston viloyati bormoqda. Ushbu bemorlarning barchasida koronavirus 30 aprel kuni qayd etilgan.
Bundan tashqari, Qarag‘anda viloyatida 7 nafar, Nur-Sultonda 6 nafar, Qostanay viloyatida 4 nafar, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 3 nafar va Akmola, Pavlodar, Chimkent va Mangistau viloyatlarida bir nafardan shaxsda infeksiya aniqlangan.
Qozog‘istonda birinchi infeksiya holati aniqlanganidan boshlab COVID-19 ning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagicha: Tasdiqlangan holatlar: 3 205 kishi; Vafot etganlar: 25 kishi; Shifo topganlar: 819 kishi.
LiveBarchasi