Shimoliy Koreya o‘z raketalarini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Olam

image

Kecha, 2 mart kuni KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In uzoq masofaga mo‘ljallangan artilleriya mashqlarini o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) ma’lum qilmoqda.

"Koreya Mehnat partiyasi raisi, KXDR Davlat kengashi raisi va KXDR qurolli kuchlarining oliy qo‘mondoni o‘rtoq Kim Chen In 2 mart kuni Koreya Xalq armiyasining uzoq masofali artilleriya bo‘linmalarining o‘q otish joyiga tashrif buyurdi", deyiladi xabarda.

KMTAning xabariga ko‘ra, KXDR rahbari mashqlarni kuzatuv punktida shaxsan olib borgan va "bo‘linmalarga o‘t ochishni buyurgan". Agentlikka ko‘ra, Kim Chen In mashqlardan “ko‘ngli to‘lgan”. 

2 mart kuni Janubiy Koreyaning Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Vonsan hududidan dengiz yo‘nalishi bo‘yicha 240 km uchib o‘tgan va maksimal balandligi 35 km ga yetgan ikkita snaryadni uchirganini ma’lum qildi. Bu 2020 yil boshidan beri raketalarning birinchi sinovi bo‘ldi.

O‘tgan yili KXDRda 13 ta raketa sinovi o‘tkazilib, ular davomida 24 ta qisqa masofali ballistik raketalar uchirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shioliy Koreya

Baholaganlar

140

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar