Saida Mirziyoyeva: “Kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta”

Jamiyat

image

Kecha, 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusini hayotga samarali tatbiq etish masalasi xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilindi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda loyihaning strategik yo‘nalishlari, chet el tajribasi va undan foydalanish bo‘yicha fikr almashdik.

“Yodingizda bo‘lsa, Beshta tashabbusni, eng avvalo, maktablardan boshlash g‘oyasi ilgari surilgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, ayrim joylarda sharoit og‘ir ekanligi, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini ko‘rdik.

Bu yildan boshlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi rejalashtirilgan. Lekin mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz.

Qisqasini aytganda - oldin sharoit, keyin talab.

Albatta, bu oson ish emas. Izdan chiqqan ta’lim tizimini tuzatish juda katta mablag‘, bir necha yil vaqt va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Bu yo‘lda xatolar ham bo‘lishi mumkin, chunki bu jarayon. Biroq hozir shu ishlarni boshlamasak, ertaga masala yanada murakkablashadi.

Xullas, bu yo‘lda barchamiz hamjihat bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegishli takliflar kiritildi”, degan Saida Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoyeva maktab formasi

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made