Rossiyada sodir bo‘lgan Mi-8 falokati videosi e’lon qilindi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya aerokosmik kuchlarining Mi-8 vertolyoti Anadir aeroportida (Chukotka) qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ushbu falokatning videokameraga muhrlangan videosi e’lon qilindi.

Videoda Mi-8 ning havoga ko‘tarilgandan so‘ng boshqaruvi yo‘qotilganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniya betartib harakatlangandan so‘ng vertolyot kuchli tarzda yerga uriladi va portlaydi.

“26 may kuni Moskva vaqti bilan soat 5 da Rossiya aerokosmik kuchlarining Mi-8 vertolyoti ko‘mir konlari aerodromi yaqinida o‘quv parvozini amalga oshirayotgandagi qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Vertolyot ekipajining barcha a’zosi halok bo‘ldi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vertolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi va bir texnik bor bo‘lgani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga vertolyotning texnik nosozligi sabab bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Mi-8 Vertolyot halokati

Baholaganlar

298

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar