Toshkentda O‘zbekiston va Yaponiya rektorlari Sammiti bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8-9 iyul kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari Sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasi orqali ma’lum qildi. 

Mazkur anjumanda ishtirok etish uchun Yaponiya ta’lim, sport, fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Hiroyuki Nakamura boshchiligidagi rektorlar delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyuradi va asosiy tadbir Konferensiya shaklida tashkil etiladi.

Ushbu Sammitda yapon tomonidan 50ga yaqin ishtirokchilardan iborat 20 dan ortiq Yaponiya oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda. Tadbirda Yaponiyadagi Nagoya, Miye, Sukuba, Aiti, Vakayama kabi yirik universitetlar vakillari ham ishtirok etadi.

O‘zbek tomonidan ushbu tadbirda O‘zbekistonning 37 nafar oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari konferensiya ishida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, konferensiya 8 iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasining Samarqand shahriga tashrifi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Yaponiya OTM rektorlari sammiti

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing