Prezident 10 millioninchi fuqaroning ota-onasiga uy sovg‘a qildi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasida aholi soni 10 millionga yetdi. Joriy yilning 6 aprel kuni mamlakatning 10 millioninchi fuqarosi dunyoga keldi. Ozarbayjonning faxriy fuqarosi mamlakatning Agdam tumanidagi oilada tavallud topgan.  

Ayni vaqtda qizaloq butun respublika e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Chaqaloq Baku shahridagi Respublika  perinatal markazida tug‘ilgan. Unga Mehribon deb ism berildi.

Ayni vaqtda butun mamlakat bo‘ylab 10 millioninchi fuqaro sharafiga tantanali marosimlar, konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Baku markazida mushaklar otildi. 

Bugun, 9 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va vitse-prezident Mehribon Aliyeva Bakuda joylashgan Respublika  perinatal markaziga borib, 10 millioninchi fuqaroning ota-onasini tabriklagan. Ular chaqaloq Mehribon Hasanovaning oila a’zolariga yangi uyning kalitlarini topshirishgan. 

Prezident Ilhom Aliyev Mehribon Hasanovning tug‘ilishi nafaqat bu oila a’zolari, balki butun Ozarbayjon uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing