Bosh prokuratura: Er rashk oqibatida xotinini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida er rashk oqibatida turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Kecha, 20 may kuni 02:30 larda G‘ijduvon tumani, "Sho‘rcha" mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. o‘zi yashab kelayotgan uyda turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan Z.S.ni rashk oqibatida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida uning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. B.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Bosh prokuratura

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing