O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning roli yanada kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, maxsus komissiya bir hafta muddatda o‘rganishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlarning tarkiblarini hamda ularning ish rejalarini tasdiqlaydi, shuningdek, ishchi guruhlarning samarali faoliyatini tashkil etadi.

Maxsus komissiya tomonidan 2019 yil 1 sentyabrga qadar:

•    huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish va mazkur yo‘nalishdagi funksiyalarini optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi;

•    korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqadi va kiritiladi;

•    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning roli yanada kuchaytiriladi;

•    huquqni muhofaza qiluvchi organlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtiriladi;

•    qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing