Beshyog‘och ko‘chasida harkatlanishga qo‘yilgan cheklov uzaytirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi avtomobillarning harakati uchun joriy qilingan taqiq 2019 yil 31 martga qadar uzaytirildi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, bunga “Humo Arena” muz saroyining qurilish ishlari sabab bo‘lyapti.

Ma’lumot uchun, mazkur ko‘chada transport vositalari harakati 2018 yilning 17 dekabr kuni to‘xtatilgandi. Cheklov 1 mart kuni nihoyasiga yetishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida qurilishi yakunlanayotgan Humo muz saroyi joriy yilning 15 mart kuni ochilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Humo Arena yo'l

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing